Umumiy ma'lumotlar

     Zarafshon sanoat kasb-hunar kolleji O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 6 avgustdagi 1045-sonli Farmoyishiga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 10 avgustdagi 240-sonli, Navoiy kon metallurgiya kombinatining 18.08.1999 yildagi 340-sonli buyrug’i asosida tashkil topgan.

     O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 13 dekabrdagi 333-sonli karoriga asosan 2011 yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Navoiy viloyat o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufiga kiradi.

     Kasb-hunar kolleji davlat standartlari doirasida o’rta-maxsus, kasb-hunar bilimini beradigan, o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, maxorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan yangi turdagi o’quv yurtidir. Ta’lim shakli kunduzgi.

     Kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi, unda o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori (Tasniflagichi)ga muvofiq mutaxassislik (mutaxassisliklar) bo’yicha berilgan malaka ko’rsatiladi.

     Diplomlarga o’zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasb-hunar) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo’yicha baxolar (reytinglar), shuningdek, bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasining natijalari ko’rsatilgan qo’shimcha varaq ilova qilinadi.

     Kasb-hunar kollejini tugatganlik to’g’risidagi diplom ta’lim olishning keyingi bosqichlarida o’qishga yoki egallangan mutaxassisliklari bo’yicha ish faoliyatini davom ettirishga imkon beradi.

     Kollej yuridik shaxs bo’lib, o’zining gerbli muhri, shtampi, bankdagi hisob raqami, davlat namunasidagi blanki, pesh lavha va boshqa rekvizitlarga ega. O’z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy huquqlarga ega, majburiyatlar olishi, sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo’lishi majburiyatini oladi.

     Zarafshon sanoat kasb-hunar kolleji (210300) O’zbekiston Respublikasi Zarafshon shaxar Yoshlik kichik tumani 1-uyda joylashgan bo’lib o’zining hisob raqamiga ega.

     Kasb-hunar kolleji o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi Qonunlar, “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risidagi Nizom” asosida va vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.

     Kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim dasturini amalga oshiradi.

     Kasb-hunar kollejiga umumiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi yigit va qizlar, shu jumladan chet el fuqarolari qabul qilinadi.

     Kasb-hunar kollejiga qabul qilish umumiy o’rta ta’lim negizida maktablarning 9-sinfini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va umumiy o’rta ta’limni tugatishda ular tomonidan olingan reyting ko’rsatkichlari natijalari bo’yicha, ularning o’qish yo’nalishini ixtiyoriy ravishda tanlashini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

     Qabul qilish chog’ida bitiruvchiga uning qobiliyatini, kasb-hunarga ishtiyoqini va qiziqishini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va ruhiy-jismoniy va kasb tashxisi markazlari tomonidan berilgan tavsiyanomalar hisobga olinadi.

     Kasb-hunar kollejiga o’quvchilarini qabul qilish, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan ta’lim muassasalari, qabul komissiyasi haqidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

     Kasb-hunar kollejida o’qish muddati 3 yil.

     Kasb-hunar kollejida mutaxassislar o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori (Tasniflagichi) asosida tayyorlanadi.

     Kollej akkreditatsiyasi “O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi Qonunlari hamda “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida reja bo’yicha utkaziladi.

     Kasb-hunar kolleji yuridik shaxs bo’lib, o’zining gerbli muhri, shtampi, bankdagi hisob raqami, davlat namunasidagi blanki, pesh lavha va boshqa rekvizitlarga ega. Kollej o’z nomidan shartnomalar tuzish huquqlariga ega. Majburiyatlar olishi hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo’lishi majburiyatlarini oladi.

     Kasb-hunar kolleji o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi Qonunlar, “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to’g’risida”gi Nizom asosida vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.

     Kasb-hunar kollejiga o’quvchilarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish davlat komissiyasi tomonidan tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan amalga oshiriladi.

     Kollejda - davlat ta’lim standarti doirasida o’rta maxsus. kasb-hunar ma’lumoti beriladi, o’quvchilarning kasb-hunarga layoqatlarini, ko’nikma va layoqatlarini rivojlantirishni, ularning tanlagan kasb bo’yicha bir yoki bir nechta ixtisoslikka ega bo’lishini taminlaydi.



Umumiy ma‘lumotlar
Foydali resurslar




Axborot-resurs markazi




Авторизация



Забыли Пароль?   Регистрация