O‘qituvchilar uchun

     Kollejga pedagog, muxandis-pedagoglarni ishga qabul qilish “O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari direktor o'rinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagoglarning bo'sh lavozimlarni egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to'g'risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

     Kasb-hunar kollejida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga, tegishli ma'lumotga, kasb-kor tayyorgarligiga hamda yuksak axlokiy fazilatlarga ega bo'lgan shaxslar egadirlar. Sud xukmi bilan pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish taqiqlangan shaxslar bu ishga qo'yilmaydi.

     Kasb-hunar kollejiga professor-o'qituvchilarni va muhandis- pedagoglarni ishga qabul qilish ta'limni boshqarish davlat vakolatli organi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.

     Kollejda o'qituvchilar, o'quv ishlab chiqarish ustalari, ma'muriy va yordamchi xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.

     Kollejning o'qituvchi, ishlab chiqarish ta'limi ustalari va xodimlari huquq va burchlari kasbga kuyilgan talablar bilan belgilanadi va O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi asosida tartibga solinadi.

     O'qituvchilar va ishlab chiqarish ta'limi ustalari pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonning yuqori samara berishiga, o'quvchilarda mustakillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zaruriy kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya kilishga majbur.

     Kollejning o'qituvchilari, ishlab chiqarish ta'limi ustalari, ma'muriy, yordamchi, xo'jalik xodimlarining huquq va burchlari uning Ustavi, ichki tartib-qoidalari, kollej direktori tomonidan tasdiqlangan lavozim yuriknomalari bilan belgilanadi.

     Kollej o'qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta'limi ustalarini attestatsiyadan o'tkazish va malaka toifalarini berish “O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilari va ishlab chiqarish ta'limi ustalarini attestatsiyadan o'tkazish hamda ularga malaka toifalarini berish tartibi to'g'risida”gi Nizomga asosan o'tkaziladi.

     Kollejning pedagogik kadrlari harakatdagi Nizom asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida o'z malakalarini oshiradilar.

     Kollej barcha toifadagi o'quvchilar, o'qituvchilar va xodimlarning o'qishi, mehnat qilishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.

     Kollej xodimlariga haq to'lash amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladi.

     Kollej o'qituvchilarini rag'batlantirish “O'rta maxsus, kasb- hunar ta'limi muassasasi huzuridagi alohida o'rnak ko'rsatgan xodimlarni rag'batlantirish bo'yicha maxsus komissiya to'g'risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

     Kollej oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilarini tashkilot, muassasa, korxona mutaxassislarini shartnoma asosida ishga jalb qilishi mumkin.



O‘qituvchilar uchun
Foydali resurslar




Axborot-resurs markazi




Авторизация



Забыли Пароль?   Регистрация